Bizning shifokorlarimiz
Akfa Medline shifokorlari har bir bemorga ishonchli va g'amxo'rlik qiluvchi yuqori malakali mutaxassislardir.

Odilbek G’aybullaev Asilbekovich
Urolog, MD, PhD
Ta’lim
- 2013-yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti tibbiy-pedagogika fakultetini tamomlagan.
- 2013–2015-yillarda Toshkent shifokorlarni malaka oshirish instituti “Urologiya va andrologiya” kafedrasida urologiya bo‘yicha ordinaturada tahsil olgan.
- 2015–2018-yillarda ushbu kafedrada stajyor assistent lavozimida ishlagan.
- 2018–2021-yillarda shu institutning “Urologiya va andrologiya” kafedrasida tayanch doktoranturada o‘qigan.
- 2021-yilda ilmiy dissertatsiyasini himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
- 2014-yildan beri Ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik shifoxonasida urolog shifokor bo‘lib ishlaydi.
Ixtisoslashuv yo‘nalishlari
Transuretral operatsiyalar
- Transuretral usulda siydik yo‘lini stentlash
- Siydik pufagi va siydik yo‘lidagi toshlarni lazer bilan maydalash
- Prostata adenomasi transuretral rezektsiyasi (TUR)
- Siydik pufagidagi o‘smalarni transuretral rezektsiyasi
- Siydik pufagidagi tamponadani yuvish va qonayotgan tomirlarni koagulyatsiya qilish
Perkutan (teri orqali) operatsiyalar
- Perkutan sistostomiya
- Siydik pufagidagi toshlarni pnevmatik va lazerli litotriptor bilan maydalash
- Perkutan nefrostomiya
- Buyrakdagi yakkalik, ko‘plik va korall shaklidagi toshlarni maydalash
- Buyrakning nozik ignali aspiratsion biopsiyasi
An’anaviy operatsiyalar
- Varikoselektomiya
- Moyak qobig‘i gidrotsele operatsiyasi
- Sunnat qilish (tsirkumtsiziya)
- Orxiektomiya
- Orxiofunikulektemiya
Kam invaziv muolajalar
- Prostata, moyak, buyrak, siydik pufagi biopsiyalari
- Diagnostik video-uretrotsistoskopiya
- Siydik yo‘lidagi stentni video-uretrotsistoskopiya orqali olib tashlash
- Nefrostoma almashtirish
Malaka oshirish
- 2017-yilda “Endourologiya” bo‘yicha 432 soatlik dastlabki ixtisoslashtirish kursi
- 2022-yilda “Bola urologiyasi” bo‘yicha 432 soatlik ixtisoslashuv kursi
- 2022-yilda “Ultratovush diagnostikasi” bo‘yicha 720 soatlik ixtisoslashuv kursi
- 2018-yildan beri O‘zbekiston hududida o‘tkazilayotgan urologiya bo‘yicha konferensiyalarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan
Bugunoq biz bilan bog‘laning!
Ish vaqti
Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00
Shanba: 09:00 – 14:00
Yakshanba: Dam olish kuni
AKFA MEDLINE
AKFA MEDLINE
AKFA MEDLINE