Bizning shifokorlarimiz

Akfa Medline shifokorlari har bir bemorga ishonchli va g'amxo'rlik qiluvchi yuqori malakali mutaxassislardir.

Нигора Мирзаева Талатовна

Nigora Mirzayeva Talatovna

UTT mutaxassisi MD

TA’LIM

1989-yilda O‘rta Osiyo Pediatriya Tibbiyot Institutini (SAMPI) pediatriya ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan; 1989-1990-yillarda onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot institutida bolalar rentgenologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot o‘tagan; 2000-yilda Shifokorlar malakasini oshirish institutida ultratovush diagnostikasi bo‘yicha oliy toifani olgan.

IXTISOSLASHUV XUSUSIYATLARI

Xalqaro standartlar protokollari bo‘yicha ultratovush diagnostikasini o‘tkazaman. Ultratovush apparatida qorin bo‘shlig‘i a’zolari (jigar, o‘t pufagi, oshqozon osti bezi, taloq, buyraklar va buyrak usti bezlari), siydik-tanosil tizimi (buyraklar, siydik pufagi, prostata bezi), kichik tos a’zolari (siydik pufagi, prostata bezi, bachadon, ortiqlar), yumshoq to‘qimalar (periferik limfa tugunlari), qalqonsimon bez, sut bezlari, qorin bo‘shlig‘i limfa tugunlari, plevra bo‘shlig‘i, ko‘zning ultratovush tekshiruvi, ko‘z kosasi patologiyasini aniqlayman.

MALAKA OSHIRISH

Kasbiy saviyam va malakamni oshirish maqsadida ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam qatnashib kelmoqdaman. 2010-yilda "Yumshoq to‘qimalar, qalqonsimon bez va sut bezlari kasalliklari UTT" mavzusida o‘quv kursini o‘tgan; 2018-yilda "Ultratovush diagnostikasining innovatsion texnologiyalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etgan; 2022-yilda "Abdominal onkologiyada ultratovush diagnostikasi - usul va talqin xususiyatlari" konferensiyasida ishtirok etgan; Shuningdek, "Gastroenterologiyada yangi ultratovush texnologiyalari," "Onkologik amaliyotda ultratovush diagnostikasi," "Klinik ultratovush diagnostikasi" mavzularida kurslar o‘tkazildi.

QO‘SHIMCHA MUKOFOTLAR

2021-yilda "Sog‘liqni saqlash a’lochisi" mukofotiga sazovor bo‘ldi

XALQARO TAJRIBA

American Journal of Medicine and Medical Sciences 2019,9(9):325-328  DOI: 10.5923/j.ajmms.20190909.03

Bugunoq biz bilan bog‘laning!

Ish vaqti

Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00

Shanba: 09:00 – 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE