Bizning shifokorlarimiz

Akfa Medline shifokorlari har bir bemorga ishonchli va g'amxo'rlik qiluvchi yuqori malakali mutaxassislardir.

Малохат Арифжанова Абдугаффаровна

Malohat Arifjonova Abdug‘afforovna

Igna bilan davolovchi shifokor MD

Ta’lim

1994-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini pediatriya, bolalar ginekologi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.   

2008-yilda diagnostik va terapevtik ignarefleksoterapiya bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv markazi.  

2016-yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi "Oliy iqtisodiyot maktabi" ilmiy-tadqiqot institutini "Sog‘liqni saqlashda menejment va boshqaruv" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan (magistr).  

2021-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining "Ijtimoiy psixologiya" ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturani tamomlagan.  

1994-yildan boshlab Toshkent shahar diagnostika markazi qoshidagi internaturada bolalar ginekologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirdi.  

2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Shifokorlar malakasini oshirish" ilmiy-tadqiqot institutida nevrologiya bo‘yicha qayta malakalash kursini o‘tadi. 

2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi xo‘jalik hisobidagi markazning "Su-Jok akupunktura" kursini tamomlagan, u yerda igna refleksoterapiya shifokori malakasi berilgan.   

2015-yilda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) tibbiyot institutining tibbiyot xodimlari malakasini oshirish fakultetini "Akusherlik va ginekologiya" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.  

2017-yilda "Moskva tiklanish tibbiyot instituti"ni Refleksoterapiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Moskva.  

2017-yilda "Moskva tiklanish tibbiyot instituti" Girudoterapiya mutaxassisligi bo‘yicha. Moskva.  

2021-yildan beri "Akfa Medline" tibbiyot markazida igna refleksoterapiya shifokori bo‘lib ishlayman.

Ixtisoslashuv xususiyatlari

Su-Jok akupunkturasi. Diagnostika va davolash. Korporal refleksoterapiya. Tayanch-harakat tizimi, oshqozon-ichak trakti, turli xil nevralgiyalar, osteoxondroz va osteoporoz (ko‘rsatmalarga ko‘ra) tashxisi, davolash. Aurikulyar refleksoterapiya. Diagnostika va davolash. Yuzni yoshartiruvchi ignarefleksoterapiya va moksaterapiya

Malakani oshirish
 

Har yili "Oliy iqtisodiyot maktabi" ilmiy-tadqiqot institutida sog‘liqni saqlashda menejment va boshqaruv sohasida, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasida Ijtimoiy fanlar institutining ijtimoiy va tibbiy psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiya va anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.

Qo‘shimcha mukofotlar

2021-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Fanlar akademiyasi ijtimoiy fanlar instituti qoshida "Shifokorlarning kasbiy charchash sindromi, kross-madaniy yondashuv (Rossiya va O‘zbekiston shifokorlarining qiyosiy tavsifi) " mavzusida ilmiy ma’ruza himoya qilindi. 2023-yilda yuqoridagi mavzular bo‘yicha ilmiy daraja himoyasi kutilmoqda.

Xalqaro tajriba

2014-yilda Rossiya Federatsiyasining "GlobalMed" xususiy tibbiyot klinikasida igna-refleksoterapiya usullarini qo‘llash orqali reflektor nuqtalarga ta’sirni tashxislash va davolash bo‘yicha amaliyot o‘tagan.   2015-yildan 2021-yilgacha "Estet Kosmo" mas’uliyati cheklangan jamiyatida shifokor, igna refleksoterapiya mutaxassisi bo‘lib ishlagan, Moskva, Rossiya

Bugunoq biz bilan bog‘laning!

Ish vaqti

Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00

Shanba: 09:00 – 14:00

Yakshanba: Dam olish kuni

AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE AKFA MEDLINE