Bizning shifokorlarimiz
Akfa Medline shifokorlari har bir bemorga ishonchli va g'amxo'rlik qiluvchi yuqori malakali mutaxassislardir.

Gulnoza Azizova Kamoliddinovna
TA’LIM
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (ToshPTI) "Pediatriya" mutaxassisligi bitiruvchisi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIPIATM) da "Pediatriya" yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinatura o‘tagan. Bolalar gastroenterologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
IXTISOSLASHUV XUSUSIYATLARI
Gulnoza Azizova keng ko‘lamli tibbiy ko‘nikmalarni o‘zida mujassamlashtirib, kompleks davolashni ta’minlaydi: Pediatriya Bolalar gastroenterologiyasi Bolalar allergologiyasi Nutritsiologiya
MALAKA OSHIRISH
Yetakchi xalqaro markazlarda malaka oshirib, o‘z ustida muntazam ishlamoqda. 2017-yil: ToshVMOI pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasida bolalar gastroenterologiyasi bo‘yicha boshlang‘ich ixtisoslashuv 2019-yil: Avstriyada bolalar gastroenterologiyasi bo‘yicha seminarda ishtirok etish, Zalsburg, "AAF OMI dasturi" 2019-yil: Bolgariyadagi ESPGHAN (Yevropa bolalar gastroenterologiyasi, gepatologiyasi va nutritsiologiyasi jamiyati) yozgi maktabida o‘qish, Varna 2020-yil: V.V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida fibroendoskopiya bo‘yicha ixtisoslashuv 2022-yil: Italiyada bo‘lib o‘tgan 19-Xalqaro seliakiya simpoziumida (ICDS) poster ma’ruzasi bilan chiqish, Sorrento 2024-yil: Hindistondagi seliakiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani simpoziumida ishtirok etish, Dehli
QO‘SHIMCHA MUKOFOTLAR
Xalqaro maydonda ilmiy va kasbiy faoliyatda faol ishtirok etadi. 2020: ESPGHAN (Yevropa bolalar gastroenterologiyasi, gepatologiyasi va nutritsiologiyasi jamiyati) stajyor a’zosi 2021: ISSCD (Xalqaro seliakiyani o‘rganish jamiyati) a’zosi. Uning ilmiy ishlari va tadqiqotlari xalqaro forumlarda bir necha bor e’tirof etilgan, bu esa uning gastroenterologiya rivojiga qo‘shgan hissasini tasdiqlaydi. Eng yaxshi poster ma’ruzalari: IMKASID 2021 (Koreya), SIDDS 2022 (Koreya).Bolalarda oshqozon-ichak kasalliklarini davolash va tashxislashning ilg‘or usullariga bag‘ishlangan 23 ta ilmiy ishlar muallifi.
XALQARO TAJRIBA
Doktor Azizovaning xalqaro e’tirofi va orttirgan tajribasi uning yuqori bilim va professional darajasini tasdiqlaydi. 2022: Bolalar nutritsiologiyasi bo‘yicha ESPGHAN yozgi maktabi, Buyuk Britaniya, Vindzor 2023: Yosh olimlar forumida taqdimot, Xorvatiya, Zadar
Bugunoq biz bilan bog‘laning!
Ish vaqti
Dushanba – Juma: 08:30 – 17:00
Shanba: 09:00 – 14:00
Yakshanba: Dam olish kuni