Diqqat! Rasmiy rad javobini e’lon qilamiz.

Kecha “AKFA Medline” ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, vertebrolog, og’riqni davolash markazi mutaxassisi Arifxodjaev Fuzuliddin Ziyaviddinovichga qarshi noto’g’ri ma’lumotlar, ayblovlar va tuhmatlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ayblovlar bizning mutaxassis tomonidan kollegializmga rioya qilmaslik bilan bog’liq edi, sharhlovchilarga ko’ra, Andijon shahrida fojiali va aqlga sig’maydigan voqea bemorimizning qarindoshlaridan biri tomonidan sodir bo’lgan.

Klinikada videokuzatuv mavjud bo’lib, bizning barcha tibbiy maslahatlarimiz yozib olinganligi sababli, siz bizning xodimimizning professionalligini shaxsan tekshirib ko’rishingiz va shifokor bilan bemor o’rtasidagi aloqa qanday sodir bo’lganligini kuzatishingiz mumkin.

Bizning tibbiy markazimiz Bosh shifokori , doktor Aripxodjayev Fuzuliddin Ziyaviddinovich – O’zbekistonda umurtqa pog’onasiga minimal invaziv jarrohlik amaliyotlarini o’tkazadigan noyob mutaxassis. Tibbiyot markazi tashkil topgan kundan boshlab bugungi kungacha bizning bosh shifokorimiz 410 dan ortiq murakkab manipulyatsiyalar va jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirdi.

Bizning shifokorimiz Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, 14-sonli bolalar shahar shifoxonasida bolalar reanimatsiyasi anestezisti sifatida stajirovkadan o’tdi.

Kasbiy faoliyati davomida u xalqaro seminarlarda qatnashgan, AQSh tibbiyot maktablarida o’z bilim va ko’nikmalarini oshirgan:
– Qo’l terapevtlarini takomillashtirish instituti, AQSH, «Umirtqa og’riqlarni davolash: zamonaviy tashxis, davolash va profilaktika kontseptsiyasi» (sertifikat);
– Amerika fizioterapiya va reabilitatsiya akademiyasi, AQSH, «Minimal invaziv o’murtqa aralashuvlar» (sertifikat);
– Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent, O’zbekiston, Travmatologiya va ortopediya ixtisosligi (sertifikat);
– Reabilitatsiya tibbiyoti bo’yicha Vayl Kornell, Salzburg, Avstriya (sertifikat);
– «Dehli Og’riqni davolash Markazi», Nyu-Dehli, Hindiston, «Minimal invaziv og’riqni davolash » o’quv dasturi (Prof.Dureda)

O’z navbatida, biz ushbu vaziyatda jabrlanganlarni ta’ziyamizni isxor qilamiz va barcha ommaviy axborot vositalari va yangiliklar kanallariga,Tibbiyot markazi obro’siga, tuhmat va asossiz ma’lumotlar berilishiga qarshi ma’muriy va jinoiy javobgarlika tortilishi mumkinligini eslatamiz.

АдминистраторDiqqat! Rasmiy rad javobini e’lon qilamiz.